Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo‘lib otdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo‘lib otdi.

Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo‘lib otdi. Unda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etish, balki innovatsion loyihalar va dasturiy yechimlarni yaratish borasidagi amaliy tajriba va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Musobaqada talaba yoshlar, Backend, Frontend dasturchilar va dizaynerlar ishtirok etdilar. Hakatonda 19 ta jamoa (jami 53 ta ishtirokchilar) o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

Jamoalar "Odoo" platformasi doirasida "Low Code"ga asoslangan: Elektron tijorat, E-POST, FinTech va Deep Tech yo‘nalishlarining dasturiy yechimlari bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – “Rishala” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va mukammal bajarib, 86 ball bilan);
2-o‘rin – “Prime” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani mukammal va kreativ bajarib, 80 ball);
3-o‘rin – “Team A” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va yakka tartibda bajarib, 61 ball)ga nasib etdi.

Taqdim etilgan loyihalar asosida Hakaton g‘oliblari aniqlandi va ularga vaucherlar, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.