TATU – “Consumer Electronics Innovation Conference 2025”da!

  • Asosiy
  • TATU – “Consumer Electronics Innovation Conference 2025”da!

Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Consumer Electronics Innovation Conference 2025 (CEIC 2025)” xalqaro konferensiyasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari ishtirok etmoqda.

🧠CEIC 2025 – “Global Computing Consortium” (GCC) tomonidan tashkil etilgan nufuzli tadbir bo‘lib, u iste’molchi elektronikasining kelajagi, innovatsion mahsulotlar va dasturiy yechimlarni targ‘ib qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🏛 “Yangi elektronika, yangi tajriba, yangi iste’mol” shiori ostida o‘tayotgan konferensiyaning ochilish marosimida TATU delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida asosiy forumlar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🚫Ma’lumot uchun:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda Xitoyning yirik IT tashkilotlarini birlashtirgan “Global Computing Consortium” (GCC) xalqaro konsorsiumiga a’zo bo‘lgan edi.