
🎓 Universitet bitiruvchisi Ulug‘bek Ergashev asoschilaridan biri bo‘lgan DataTruck (Fintruck) — AQSh bozoridagi sun’iy intellekt asosida ishlovchi Freight Tech SaaS platformasi bo‘lib, logistika sohasidagi moliyaviy, operatsion jarayonlarni optimallashtirib, vaqt va xarajatlarni qisqartiradi.
💰 AloqaVentures $300 000 va IT Park Ventures tomonidan $250 000 DataTruck kompaniyasiga Pre-Series A bridge raundida investitsiya kiritildi. Ushbu investitsiya AQSh bozoridagi sotuvlarni kengaytirish, DataTruck’ning logistika sohasidagi operatsion jarayonlarini soddalashtirish va moliyaviy boshqaruvini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.
🚚 DataTruck yuk tashish sanoatida vertikal SaaS texnologiyalarining yetakchilaridan biri bo‘lib, ilg‘or Transportni boshqarish tizimi (TMS) imkoniyatlarini moliyaviy vositalar va sun’iy intellekt asosidagi avtomatlashtirish bilan birlashtirmoqda.
📱Kompaniyaning TruckGPT sun’iy intellekt mexanizmi qo‘lda bajariladigan ishlarning 60% gacha bo‘lgan qismini avtomatlashtiradi, bu esa o‘rta va yirik yuk tashish kompaniyalari uchun samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. Hozirda AQShda 250 ga yaqin yuk tashuvchi kompaniya ushbu dasturiy mahsulotdan foydalanmoqda.
🎉 TATU bitiruvchilarining xalqaro miqyosdagi yutuqlari bilan faxrlanamiz!
✈️ @taturektori