TATU bitiruvchilarning o‘rtacha oylik daromadi bo‘yicha TOP-10 universitetlar qatorida!

  • Asosiy
  • TATU bitiruvchilarning o‘rtacha oylik daromadi bo‘yicha TOP-10 universitetlar qatorida!




Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchilarning o‘rtacha rasmiy daromadi eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi.

📊TATU bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi — 9,4 mln so‘m.

Bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi — 4,92 mln so‘mdan qariyb 2 baravar yuqori.

Mazkur natija TATUda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, mehnat bozori talablariga mos hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

Universitetda ta’lim jarayonini real sektor bilan uyg‘unlashtirish, soha korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, dual ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotlarini kengaytirish hamda ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



📌Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining rasmiy xabari:
Batafsil ma’lumot