TATU bilan hamkorlikda Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya va ko‘rgazma Koreyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari nigohida

  • Asosiy
  • TATU bilan hamkorlikda Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya va ko‘rgazma Koreyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari nigohida

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT ta’lim sohasini rivojlantirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda axborot texnologiyalari sohasiga yangi tendensiyalarni olib kirish yuzasidan TATUda bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlarni xorijiy hamkorlar hamda olimlar doirasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazma Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Samarqand shahrida YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor YUNESKO Bosh assambleyasining sessiyasi Parij shahridan tashqarida bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birgalikda TATUda AQSHning Elektrotexnika va elektronika muxandislari instituti (International Institute of Electrical and Electronics Engineers (IEEE), IEEE Photonics Society) bilan hamkorlikda tashkil etib kelinayotgan “International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities - ICISCT 2024” xalqaro konferensiya mazkur yilda ilk bor Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiyada xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli texnologik yangiliklar muhokama etiladi, konferensiya materiallari elektron resurs sifatida chop etilib, Engineering Index (EI) va EI Compendex IEEE XploreTM tarkibida ISBN raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda SCOPUS bazasida indekslanadi.

📰Konferensiya va ko‘rgazma haqidagi maqolalar quyidagi taniqli xorijiy OAVlarda e’lon qilindi:

🟢Herald Economy 
🟢Asian Economy 
🟢Electronic newspaper