TATU baynalmilal karvoni Samarqand sari yo‘l oldi

  • Asosiy
  • TATU baynalmilal karvoni Samarqand sari yo‘l oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari hamda 20 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar — jami 500 ga yaqin ishtirokchilar “Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostidagi TATU – Samarqand baynalmilal forumida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.

📍 2–4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan forum doirasida:
— intellektual va sport bellashuvlar,
— qadimiy Samarqand bo‘ylab sayohatlar,
— tarixiy obidalarga tashriflar,
— milliy urf-odat va an’analar namoyishi,
— Rektor va yoshlar uchrashuvi,
— madaniyatlar almashinuvi va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlovchi uchrashuvlar tashkil etiladi.

🌍 Forum yoshlar o‘rtasida xalqaro do‘stlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda kelajakdagi hamkorlik loyihalariga zamin yaratishga xizmat qiladi.

🎓 TATU talabalari xorijiy tengdoshlari bilan birgalikda ilmiy g‘oyalar, startap tashabbuslar va innovatsion qarashlar bo‘yicha fikr almashib, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Mazkur forum Yangi O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va yoshlar diplomatiyasining amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.