TATU “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.

  • Asosiy
  • TATU “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.

Joriy yilning 9-12-noyabr kunlari “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlik hisobotlarini monitoring qilish bo‘yicha ABET tashkilotining ishchi guruhi a’zolari Dr. Ramzi Haraty, Dr. Mark Stockman, Dr. Peng Li universitetga tashrif buyurib, tayyorlangan hisobotlarning asoslari va ularning ABET mezonlariga mosligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi.

📄 Dastlabki natijalarga ko‘ra, ABET tashkiloti ishchi guruhi a’zolari mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazgan monitoring natijalari ijobiy baholandi. Yo‘nalishning to‘liq akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat 2025-yil avgust oyida berilishi kutilmoqda.