2020-yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyada oʻtkazilgan ixtirochi ayollarning xalqaro onlayn koʻrgazmasi “KIWIE – 2020” tashkil etilgan edi. Mazkur koʻrgazmada oʻzbek ixtirochi ayollari tarkibida TATUning “Audiovizaul texnologiyalari” kafedrasi professori Saida Beknazarova ham ishtirok etib, “KIWIE – 2020” koʻrgazmasining AKT yoʻnalishi boʻyicha maxsus sovrini (Gran-pri) olishga muyassar boʻldi.
Shuningdek, Oʻzbekistonlik olima ayollar Karima Norkulova, Paraxat Matyakubova, Malaxat Ilxamova, Ozoda Abdullayeva, Mexriban Jaumtbayevalar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
TATU matbuot xizmati