Abituriyentlar uchun yangilik

Kelayotgan o'quv yilida universitetimizga xujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik. Endi siz bizning universitet bakalavr mutaxassisliklari, avvalgi yillar uchun Davlat test markazi tomonidan o'tqazilgan kirish imtihonlari natijalari bilan tanishish bilan birgalikda o'z bilimlarigizni mustaxkamlash uchun matematika, fizika, ingliz tili, o'zbek tili va adabiyoti fanlaridan mavzulashtirilgan testlarni ishlash imkoniyatiga egasiz. 

Bundan tashqari tanlangan mutaxassislik bo'yicha Virtual imtihon topshirgan holda o'z bilimlaringizni sinab ko'rishingiz mumkin. Buning uchun hamkorimiz abt.uz saytiga tashrif buyuring va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlardan foydalaning.