TATU 2026-yil bahorgi semestr uchun Janubiy Koreyadagi Chunbuk Milliy Universiteti (CBNU) bilan talaba almashinuvi dasturida ishtirok etishga bakalavr va magistratura talabalarini chorlaydi.

  • Asosiy
  • TATU 2026-yil bahorgi semestr uchun Janubiy Koreyadagi Chunbuk Milliy Universiteti (CBNU) bilan talaba almashinuvi dasturida ishtirok etishga bakalavr va magistratura talabalarini chorlaydi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 2026-yil bahorgi semestr uchun Janubiy Koreyadagi Chunbuk Milliy Universiteti (CBNU) bilan talaba almashinuvi dasturida ishtirok etishga bakalavr va magistratura talabalarini chorlaydi.

📌 Ta’lim yo‘nalishlari:
-Axborot texnologiyalari va muhandislik
-Iqtisod, biznes va boshqaruv
-Xalqaro va ijtimoiy fanlar
-CBNUda mavjud boshqa yo‘nalishlar

✔️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
-TATUda kamida 1 semestr tahsil olgan bo‘lishi
-O‘rtacha bahosi (GPA) 70% dan kam bo‘lmasligi (taxminan 3.5/5.0)

⌛ Til talablari:
Ingliz yoki koreys tilini bilish
(tavsiya etiladi: TOPIK 3 / TOEFL 500 / IELTS 5.5)

🗓 Hujjat topshirish muddati:
📍 Onlayn ariza topshirish — 2025-yil 18-noyabrgacha

💲 Moliyaviy shartlar:
✔️ O‘qish — bepul (ikki tomonlama kelishuv asosida)
✔️ Yotoqxona — TATU talabalari uchun bepul
⚠️ Talaba shaxsiy xarajatlarini (ovqat, transport va boshqalar) o‘zi qoplaydi.

➡️Ishtirok etish uchun havola