Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarini 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratilgan edi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tish joizki, qadrli 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari, albatta, bugungi sinovli paytlarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan sizlarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida juda ko‘plab xizmatlar onlayn shaklga o‘tkazilmoqda va talabalarning barcha murojaatlari o‘rganilib borilmoqda. Xususan, diplom.edu.uz veb-sayti ham ana shunday qulayliklardan biridir. Shuni taʼkidlab o‘tish kerakki, test rejimida ishlayotgan ushbu tizim yangiligi bois, kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu kamchiliklar tez fursatlarda bartaraf etiladi va barcha bitiruvchilar o‘z diplomlarini oladilar!
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan diplomlaringizning elektron shakli bizga ham taqdim etilsa, albatta, siz, 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilariga bu haqda xabar beramiz!
TATU matbuot xizmati