“Tarmoq administratorligi” fanidan olimpiada yakunlandi

  • Asosiy
  • “Tarmoq administratorligi” fanidan olimpiada yakunlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi tomonidan “Tarmoq administratorligi” fani bo‘yicha olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi.

✅ Mazkur olimpiada talabalarning tarmoq texnologiyalari bo‘yicha mantiqiy va texnik tafakkurini rivojlantirish, tarmoqlarni sozlash, boshqarish hamda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, iqtidorli va malakali yosh mutaxassislarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

🏆 Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar:

🥇 1-o‘rin — Xusanboyev Nurmuhammad Azamjon o‘g‘li
(Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti, 410-22-guruh);
🥇 1-o‘rin — Jo‘ramirzayev Islomjon Adxamjon o‘g‘li (Kiberxavfsizlik fakulteti, 735-23-guruh);
🥈 2-o‘rin — Abdujabborov Muhammadqodir Nortoji o‘g‘li
(Kiberxavfsizlik fakulteti, 731-24-guruh);
🥉 3-o‘rin — Islomov Bekzod Hamza o‘g‘li (Kiberxavfsizlik fakulteti, 0276-sirtqi guruh).

⭐ Maxsus nominatsiyalar:

🏅 Eng faol ishtirokchi — G‘aybullayev Hojiakbar
(Kiberxavfsizlik fakulteti);
🏅 Eng faol ishtirokchi — Mamatov Sherzod
(Kiberxavfsizlik fakulteti, 731-22-guruh).

🎁 G‘olib va sovrindor talabalar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

❗️ Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat, g‘oliblarga esa kelgusi ilmiy va akademik faoliyatlarida yanada katta yutuqlar tilaymiz!