TARIXIY G‘ALABA! O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonda yana bir bor baland ko‘tarildi!

  • Asosiy
  • TARIXIY G‘ALABA! O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonda yana bir bor baland ko‘tarildi!

🏆TARIXIY G‘ALABA! O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonda yana bir bor baland ko‘tarildi!

💻 World Robot Caspian Cup 2026 xalqaro musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, tarixiy natijalarni qo‘lga kiritishdi.

🌍 Musobaqada TATUdan jami 5 ta jamoa ishtirok etdi. Ularning 4 tasi final bosqichiga yo‘l oldi va 3 ta jamoa esa sovrindor bo‘ldi. Bu – universitetimiz va mamlakatimiz robototexnikasi tarixidagi eng yorqin natijalardan biridir.

🥇 “TUIT Hawk”Faxrli 1-o‘rin (Hackathon)
Mentor: Islomova Munisa.
Jamoa a’zolari:
• Shomuradov Iskandar;
• Baymatova Gauhar;
• Nurmamatov Murodil;
• Nosirova Sabina.


🥇 “SU-Drone Soccer”Faxrli 1-o‘rin
Mentor: Ergashev Adizbek.
Jamoa a’zolari:
• Solikhov Abdulazim;
• Narkuziyev Nodirbek;
• Hakimirzayev Boburjon;
• Ziyodullayev Muhammad;
• Egamberdiyev Abdulloh.

🥈 “TUIT Falco”Xalqaro 2-o‘rin (Drone FPV)
Mentor: Boboqulov Asliddin.
Jamoa a’zolari:
Irisqulov Mirzabek;
• Murotboyev Otajon;
• Nurulloyev Asadbek.

👍 Musobaqada Iordaniya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya kabi davlatlarning kuchli jamoalari ishtirok etdi. Ayrim mamlakatlar 8–10 tadan ortiq jamoalar bilan qatnashganiga qaramay, TATU talabalari o‘z bilim va mahoratini namoyish etib, O‘zbekiston bayrog‘ini shohsupaga olib chiqishdi.

👏 Barcha g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.