

Uchrashuv davomida talabalar uchun bugungi kunda jahon miqyosida ro‘y berayotgan turli zo‘ravonliklar, ekstremizm va terrorizm kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, Toshkent Shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi direktori Xidirov Mirzohid G‘ayratovich va Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Xamidov Maruf Soparovich ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Mazkur davra suhbati yoshlar ongini mustahkamlash, ularni ijtimoiy va salbiy illatlardan himoyalash, hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va 450 dan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.