The contest of "The most active spiritual apostle of the year" at TUIT.

  • Asosiy
  • The contest of "The most active spiritual apostle of the year" at TUIT.

8 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovining ikkinchi hududiy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Toshkent shahridagi 6 ta oliy ta’lim muassasalaridan 6 nafar vakillar ishtirok etdilar:

1.Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi Yusubov Jaloliddin Qadamovich; - mavzu: “Yosh avlod ta’lim tarbiyasi – davr talabi”;
2.Toshkent Islom universitetidan “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNЕSKO” kafedrasi o‘qituvchisi Saidjalolov Saidafzal Saidhanbalovich; - mavzu: “Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”;
3.Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutidan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saydaliyeva Nigora Zaynitdinovna; - mavzu: “Yoshlarga oid Davlat Dasturining mazmun-mohiyati”;
4.Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i Asomiddin Xudayberdiyev; – mavzu: “ Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida”;
5.Toshkent Davlat stomatologiya institutidan “Tillar” kafedrasi assistenti Sirojiddinova Zuxra Mukaramovna; - mavzu: “Sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni”;
6.Toshkent kimyo-texnologiya instituti - “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi Avlakulov Aktam Mavlonkulovich; - “Axborot asrida mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari” nomli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tanlovda faol ishtirok etgan 3 nafar ma’ruzachilar nominatsiyalar bo‘yicha Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Jumladan,“Sog‘lom avlod targ‘ibotchisi” nominatsiyasiga - Asomiddin Xudayberdiyev, “Yosh targ‘ibotchi” nominatsiyasiga - Yusubov Jaloliddin Qadamovich, “Vatanparvarlik” g‘oyasi targ‘ibotchisi nominatsiyasiga - Saydaliyeva Nigora Zaynitdinovna,Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasiga - Saidjalolov Saidafzal Saidhanbalovich lar loyiq deb topildi.