DIQQAT TANLOV!

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektorning 2017 yil 2 noyabrdagi “Universitet talabalarining 2017-2018-o`quv yili yakunlari bo'yicha ilmiy sessiyasini tashkil etish bo'yicha” 297-f-sonli farmoiyishi asosida talabalar va magistrlar o'rtasida quyidagi nominatsiyalar bo'yicha tanlov e'lon qilindi:

  1. Eng yaxshi kurs ishi muallifi
  2. Eng yaxshi diplom ishi muallifi
  3. Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi muallifi
  4. Eng yaxshi ilmiy maqola muallifi
  5. Eng yaxshi web-sayt muallifi
  6. Eng yaxshi dasturiy ta'minot muallifi
  7. Eng yaxshi mobil ilovasi muallifi
  8. Eng yaxshi robot muallifi
  9. Eng yaxshi texnologik ishlanma muallifi
  10. acm.tuit.uz da eng faol ishtirokchi
HAR BIR NOMINATSIYA BO`YICHA YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN TALABALAR QUYIDAGI tartibda MUKOFOTLANADI:

    1-o`rin uchun 850 000 so`m
    2-o`rin uchun 500 000 so`m
    3-o`rin uchun 350 000 so`m

Shuningdek, tanlovdagi eng yaxshi ishlanmalar har yili o`tkaziladigan XI - Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etish uchun taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar va magistrlar sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlangan nominatsiyalar bo'yicha ishlanmalar 2018 yilning 1-martdan 15-aprelga qadar quyidagi ssilkadan ro'yxatdan o'ting: https://goo.gl/forms/UL5Nikl6qCxJ2OHh2
Tanlov natijalari joriy yilning may oyida e'lon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99871 238-64-57 murojaat qiling.