DIQQAT TANLOV!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Avstriyaning Klagenfurt universitetining “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” (Information and Communication Engineering) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) dasturiga tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda universitetning “Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari”, “Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”, “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Kompyuter injiniringi” mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 1-bosqich magistratura talabalari qatnashishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari ikkinchi bosqich o‘qishini Klagenfurt universitetida davom ettirishadi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga har ikki tomonning magistr diplomlari beriladi.
Tanlov shartlari:
-Ingliz tilini bilish (CEFR B2 yoki IELTS 5.5);
-mutaxassislik fanlari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi (suhbat asosida aniqlanadi).
Joriy yilning15-mayga qadar quyidagi xujjatlarni ddtuitku@gmail.com pochtasiga yuborish talab etiladi:
-ma’lumotnoma va CV
-ingliz tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikat nusxasi
-qo‘shma dasturda o‘qishdan maqsad haqidagi insho (essay – ingliz tilida yozilgan 400ta so‘zdan oshmasligi kerak);
-fanlarni o‘zlashtirishi haqida ma’lumotnoma.
Tanlovdan o‘tgan talabgorlar uch tomonlama shartnoma asosida o‘qishga yuboriladilar.
Ma’lumot tariqasida Klagenfurt universiteti dunyoning nufuzli ichida TOP 400 (601-800) universitetlari qatoriga kiradi.