2018 yilni Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarni yanada yangilikka intilishga chorladi.
Joriy yilning 20 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar va ularning O‘zbekistonda amaliyotga tadbiq etilishi” mavzusida konferensiya tashkil etilgan edi.
Ushbu konferensiyada universitetning Telekommunikatsiya fakulteti 4-bosqich talabasi Shoxtemirxon Usmonov “Ta’limda virtual reallik” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Biz Shoxtemirni tabriklab, undan kelgusida yangi-yangi loyihalar kutib qolamiz!