➡️ Unda sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy va mahalliy ekspert hamda tadqiqotchilarni jalb qilgan holda sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim sohasiga kirib kelishi, ularning ijobiy va salbiy taʼsirlari, ushbu texnologiyalardan samarali va o‘rinli foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinib, fikr almashildi.
💬 Ushbu yig‘ilishda oliygohimiz rektori B.Maxkamov "AI for education: Advantages and Approaches" mavzusida nutq so‘zladi.
🗒 Ma’lumot uchun, TATU rektori Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi suniy intellekt maslahat kengashi azosi va "Ta’limda suniy intellekt" ishchi guruhi rahbari hisoblanadi. Maslahat kengashi 2022-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan boʻlib, respublikamizda oʻtkazilgan maʼmuriy islohotlardan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazildi. Shundan soʻng, kengashda tuzilmaviy va tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Kengash tarkibida Singapur, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Eron, BAA, Latviya kabi mamlakatlardan sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy ekspertlar mavjud.