![]() |
![]() |
🤝28-avgust kuni Huawei kompaniyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining Huawei ICT Akademiyasi instruktorlari va administratorlari ishtirokida “Huawei ICT Academy Instructor Workshop 2026: Connect, Share & Grow” uchrashuvi tashkil etildi.
📚Tadbirda Huawei ICT Akademiyalarining rivojlanish natijalari, istiqboldagi vazifalar, instruktorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda sun’iy intellekt va hisoblash texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘quv kurslarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
•Workshop doirasida universitetimiz Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti “Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi dotsenti, PhD Qodirov Azamat Almat o‘g‘li TUIT Advanced ICT Academy faoliyatida erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan ishtirok etdi.
🎁Tadbir yakunida Huawei ICT Competition 2025–2026 Global Final bosqichida yuqori natijalarga erishgan g‘olib va sovrindorlar Huawei kompaniyasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✨Mazkur e’tirof ustoz va talabalarning izchil mehnati, xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim hamda oliy ta’lim va sanoat hamkorligining samarali natijasidir.
🔗 Batafsil:
Huawei rasmiy saytidagi maqola

