TATU ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi hamda talabalar bilan ishlashda alohida o‘rnak bo‘layotgan rahbar va ustozlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovlar yakuniga yetdi.

  • Asosiy
  • TATU ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi hamda talabalar bilan ishlashda alohida o‘rnak bo‘layotgan rahbar va ustozlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovlar yakuniga yetdi.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi hamda talabalar bilan ishlashda alohida o‘rnak bo‘layotgan rahbar va ustozlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovlar yakuniga yetdi.

✈️ Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘tkazilgan ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra bugun tanlov g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi. Ushbu tanlov fakultet taraqqiyoti, ta’lim sifati va talabalar manfaatini doimo ustuvor deb biladigan fidoyi rahbar va ustozlarni e’tirof etishga xizmat qildi.

👀“ENG YAXSHI DEKAN”:
1-o‘rin Saitkamolov Muhammadkhoja
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti — 1446 ta ovoz (33.4%);
2-o‘rin Kuchkorov Temurbek
Kompyuter injeneringi fakulteti — 1005 ta ovoz (23.2%);
3-o‘rin Rozibayev Ortiq
Dasturiy injenering fakulteti — 539 ta ovoz (12.5%);

👀 “ENG YAXSHI TYUTOR”
1-o‘rin Tursunov Nusratjon
Televizion texnologiyalar fakulteti — 1137 ta ovoz (21.2%);
2-o‘rin Eshtemirov Islom
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti — 951 ta ovoz (17.7%);
3-o‘rin Xasanov Ramazon
Dasturiy injenering fakulteti — 677 ta ovoz (12.6%).

👀 “ENG YAXSHI KAFEDRA MUDIRI”
1-o‘rin Kerimov Kamil
Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi — 1289 ta ovoz (18.1%);
2-o‘rin Axmedov Nurshod
Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi — 1237 ta ovoz (17.4%);
3- o‘rinNuraliyev Faxriddin
Televizion va media texnologiyalari kafedrasi — 1152 ta ovoz (16.2%).

👀“ENG YAXSHI DEKAN MUOVINI”
1-o‘rin Shirinov Laziz Toxirovich
Dasturiy injenering fakulteti
(Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha) — 6045 ta ovoz (31.2%);
2-o‘rin Norbekov Suhrob Farhod o‘g‘li AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti (Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha) — 4874 ta ovoz (25.1%);
3-o‘rin Mo‘minov Sanjar Sailqulovich Televizion texnologiyalar fakulteti (Yoshlar masalalari bo‘yicha) — 3374 ta ovoz (17.4%).

👏G‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Ushbu e’tirof ularning fidokorona mehnati, mas’uliyati va talabalar bilan ishlashdagi yuksak yondashuvining yorqin natijasidir.