Talabamiz tanlov g'olibi bo'ldi

  • Asosiy
  • Talabamiz tanlov g'olibi bo'ldi

#CSS2023

Talabamiz tanlov g‘olibi bo‘ldi

TATU Farg‘ona filiali talabasi Hack Smart TV tanlovining g‘olibi bo‘ldi!

Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023» dastur doirasidagi «Cyberkent» kiberxavfsizlik tanlovining Hack Smart TV yo‘nalishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabasi Olimov Fayozbek faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Natijada Hack Smart TV tanlovining 2-o‘rin uchun ajratilgan 4 mln so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.