14 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mustaqillikning ilk yili, ya’ni, 1991 yil Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi TATU)ga o‘qishga kirib, 1996 yilda bitirgan bitiruvchilarning institutni bitirganliklarining 20 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
120 nafardan ziyod bitiruvchilarning aksariyati telekommunikatsiya, aloqa va axborotlashtirish sohasida mehnat qilib, alohida yutuqlarga erishgan, hozirgi kunda jamiyatning yetakchi sohalarini rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan mutaxassislardir.
Shu kuni erta tongdan universitet hovlisiga yig‘ilishni boshlagan sobiq talabalar o‘tgan 20 yil davomida universitetda amalga oshirilgan islohotlar, yangi tashkil etilgan fakultet va laboratoriyalar, qurilgan yangi binolar bilan tanishishdi. Bugungi kun talabasi uchun yaratilgan sharoitlarga havas bilan qarab, talabalarga o‘z istaklarini bildirishdi.
Anjumanlar zalida davom etgan davra suhbatida 20 yil oldin o‘qishni tugatgan sobiq talabalar qatorida 15-20 yil oldin xuddi shu bitiruvchilarga dars bergan va hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etdilar.TATU rektori O‘.R.Xamdamov bitiruvchilarni tabriklab, mustaqillik yillarida universitetda amalga oshirilgan islohotlar va amaliy ishlar ishlar, bugungi kunda tashkil etilgan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yuzasidan qisqa ma’lumot berib o‘tdi. Faxriy o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib, o‘z dil izhorlarini bayon qildilar.
Mustaqillikning dastlabki yillarida universitetda tahsil olgan sobiq talabalarning 20 yildan keyin TATUdagi qayta uchrashuvlari, universitetning tubdan o‘zgarganligi, ayrimlarining farzandlari shu oliygohda tahsil olayotganligi ham sobiq talabalarda o‘zgacha birfaxr tuyg‘usini uyg‘otdi.