![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Joriy yilning 12-sentabr kuni “Orientation Week” haftaligi doirasida Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun “Student Life 2.0: Bilim, Networking va Karyera sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master-klassni O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi (NEO) loyiha menejeri, “Megabayt Media IT” kompaniyasi asoschisi, Dasturiy injiniring fakulteti bitiruvchisi Makhmudjon Utkurov olib bordi.
💡Tadbir davomida talabalarga IT sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar, karyerani to‘g‘ri boshlash, loyihalarda ishtirok etish, networking imkoniyatlaridan foydalanish va yangi g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
💬Shuningdek, talabalik davridan boshlab bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi hamkorliklar yaratish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun mustahkam poydevor yaratish muhimligi ta’kidlandi.





