

30-yanvardan 7-fevralga qadar Toshkent shahrida nufuzli World Armwrestling Cup musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 24 davlatdan qariyb 1600 nafar atlet ishtirok etmoqda.
Ana shunday kuchli raqobat muhitida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari yoshlar o‘rtasida 50, 70 va 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz sha’nini xalqaro maydonda munosib himoya qilishdi:
🏆 Fetlyayeva Diana M — 235-25 guruh, Dasturiy injiniring fakulteti — 2 ta 🥇
🥉 Erkinboyev Kamron — 215-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti
🥉 Jumaboyeva Diana — 210-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti
Bu g‘alabalar — tinimsiz mehnat, mustahkam iroda va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat samarasidir. Sizlar nafaqat universitetimiz, balki butun yurtimiz yoshlari uchun kuchli motivatsiya bo‘ldingiz.
Xalqaro musobaqa g‘oliblari bo‘lgan talabalarimizni chin dildan tabriklayman! Kelgusida ham yanada baland marralar, yangi rekordlar va ulkan zafarlar tilayman.