Joriy yilning 16-noyabridan Oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida oʻquv jarayonini anʼanaviy shaklda davom ettirish belgilangan.
Shu munosabat bilan, TATUning bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning birinchi, ikkinchi bosqich talabalari 2020-yil 16-noyabridan anʼanaviy tarzda oʻqishni davom ettiradilar. 2-, 3-bosqich talabalari esa masofaviy taʼlim shaklida oʻqishlarini davom ettirishlari mumkinligi haqida maʼlumot bergan edik.
Bunda oʻquv grafigida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmaydi!
Bugungi yurtimizdagi pandemiya davrida eng birinchi oʻrinda talabalarning sogʻligi turishini inobatga olgan holda TATU maʼmuriyati anʼanaviy taʼlim shakliga qaytishi mumkin boʻlgan bakalavriaturaning birinchi, toʻrtinchi hamda magistraturaning birinchi, ikkinchi bosqich talabalari dars jarayonini aralash koʻrinishda davom ettirishlari mumkinligini maʼlum qiladi. Yaʼni talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida universitetga kelib tahsil olishlari, yoki sharoiti boʻlmasa masofaviy shaklda darslarni davom ettirishlari mumkin.
Shuningdek, universitet maʼmuriyati talabalarimizdan karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishlarini, doimiy tibbiy niqob taqishlarini, oraliq masofa saqlashlarini, qoʻllarni antiseptik vositalar bilan tez-tez dezinfeksiya qilishlarini soʻrab qoladi.
TATU matbuot xizmati