Talabalarga ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi qanday: kimlarga beriladi va qanday ariza topşiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan hamda turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi amal qiladi.
💰 Kompensatsiya miqdori (har oy uçun):
1️⃣ Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari (440 ming söm);
2️⃣ Boşqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming söm).
❓Kimlarga va qanday şartlarda qoplab beriladi?
🔹 Faqat davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga (grant yoki tölov-kontrakt farqi yöq);
🔹 Yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda öziga yoki ota-onasiga tegişli bölmagan xonadonda ijarada yaşayotganlarga;
🔹 Doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa hududdagi (tuman, şahar miqyosida) OTTda öqiyotganlarga;
🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj hamda örnak körsatgan, faol talabalarga birinçi navbatda tölab beriladi. (Eslatma: sirtqi, keçki, masofaviy, nodavlat va xorijiy OTTlar hamda qöşma ta’lim dastur talabalariga qoplab berilmaydi).
📲 Ariza topşiriş tartibi:
Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşiriladi:
1. kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki my.gov.uz portali orqali şaxsiy kabinetga kiriladi;
2. “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi;
3. “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi.
📋 Ijara şartnomasi böyiça talab:
➖ Tölov tayinlanişi uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi bölişi şart. Bitta xonadonda bir neça talaba tursa, barçasining ismi şartnomada körsatilişi şart;
➖ 1-kurslar uçun imtiyoz: faqat sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölanadi, noyabrdan boşlab şartnoma majburiy.
MUHIM: Uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolar uşbu daromadlari uçun daromad soliğidan töliq ozod etilgan. Ijaraga beruvçilar şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi.