Talabalar uchun yangi imkoniyat!

  • Asosiy
  • Talabalar uchun yangi imkoniyat!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘i asosida universitetimizda “Talabalar media guruhi” o‘z faoliyatini boshladi!

👉 Ushbu guruhning asosiy maqsadi – talabalarni mamlakatimiz va dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlar hamda yoshlar hayotiga oid yangiliklardan tezkor xabardor qilish, vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladigan virtual axborot makoni yaratishdir.

✅Guruh tomonidan qisqa metrajli videoroliklar, qiziqarli ma’lumotlar va yangiliklar tayyorlanadi hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.

🔺Siz ham ijodkorlikka, axborot va media sohasi faoliyatiga qiziqsangiz, “Talabalar media guruhi” safiga qo‘shilishing.

🎁 Eng kreativ videolar mualliflari taqdirlanadi – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍 Xohlovchi talabalar @tuitmatbuot ga murojjat qilishi mumkun!