Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 % chegirma eʼlon qilindi

  • Asosiy
  • Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 % chegirma eʼlon qilindi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qildi.

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.axonlogic.uzrailway) va iOS (https://apps.apple.com/uz/app/uzrailways-tickets/id1497456207) ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.