"Orzu va maqsad formulasi" shiori ostida talabalar uchun maxsus psixologik seminar-trening tashkil etildi.

  • Asosiy
  • "Orzu va maqsad formulasi" shiori ostida talabalar uchun maxsus psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari psixologlari hamkorlikda Fargʻona filialida ilk bor  "Orzu va maqsad formulasi" shiori ostida talabalar uchun maxsus psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda  psixolog mutaxassislar tomonidan qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar muammoli vaziyatlarga yechim topish koʻnikmalarini egalladilar, turli xil psixologik usullardan foydalanishni oʻrgandilar. Bu esa har bir yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyat va baxtga erishishiga hissa qoʻshadi deb umid qilamiz.