
2025-yil 24-25-mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan imzolangan “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibi doirasida tashkil qilindi.
👥 Uchrashuvlarda nimalar muhokama qilindi?
👀 Universitetdagi “Kelajakka qadam” markazi faoliyati va “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikdagi loyihalar;
👀 Talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlar;
👀 Tadbirkorlikni rivojlantirish va talabalar biznes loyihalariga yordam berish yo‘nalishlari.
😀 Shuningdek, o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etmoqchi bo‘lgan talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.