Talabalar respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida...

  • Asosiy
  • Talabalar respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida...
16 aprel kuni TATUning "STATUS” jamoasi Milliy rassomchilik va dizayn institutida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi "Tafakkur sinovlari” hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkazilgan "Yosh aloqachilar” jamoasi esa "Teatr festivali” respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida ishtirok etdi.
TATU jamoalari "Tafakkur sinovlari” tanlovida 4-o‘rinni, "Teatr festivali” da esa 2-o‘rinni egalladi. Universitet jamoalari 1-o‘rinni egallamagan bo‘lsada, ta’kidlash joizki, barcha talabalar faol ishtirok etdi. 
Ayniqsa, DIF talabasi Gulzoda Baxrievaning "Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasiga, teatr jamoasini esa "Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyasiga ega bo‘lganligi va jamoa "faol ishtiroki uchun” tashakurnoma bilan taqdirlanganligi e’tiborlidir. Biz barcha ishtirokchi talabalar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz.   
 

Talabalar respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida...

 

Talabalar respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida...

 

Talabalar respublika tanlovlarining hududiy bosqichlarida...