Talabalar respublika onlayn fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida ishtirok etuvchi talabalar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Talabalar respublika onlayn fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida ishtirok etuvchi talabalar diqqatiga!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 31-martdagi            159-sonli buyrugʻi bilan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiadasini 2021-yilda tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” Muvaqqat Nizomi tasdiqlangan.

Mazkur Nizomga muvofiq, universitetda respublika onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichi oʻrnatilgan tartibda oʻtkazildi.      1-bosqichda har bir tegishli fandan birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan talabalar             2-respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun oʻrnatilgan tartibda                        2021-yil 30-aprel kuniga qadar olimpiada.edu.uz saytidan roʻyxatdan oʻtishlari kerakligini maʼlum qilamiz.

Izoh: Roʻyxatdan oʻtmagan talabalar olimpiadasining 2-bosqichida ishtirok eta olmaydi.

TATU matbuot xizmati