44 nafar talaba va o'quvchilar Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi

  • Asosiy
  • 44 nafar talaba va o'quvchilar Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi

Xabaringiz bor, o'tgan 2025-yil noyabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari uchun Vazirlik stipendiyasi tanloviga start berilgan edi

Joriy yildagi tanlovda TATU va Samarqand filiali, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2,3,4-bosqich talabalari, TATU va Samarqand filiali qoshidagi akademik litseylari o‘quvchilaridan jami 205 nafar nomzodlar ishtirok etdi va belgilangan Nizom  talablariga muvofiq, ular ichidan eng munosib deb 44 nafar talaba va o‘quvchilar saralab olindi.

  G‘oliblar taqsimoti:
  Universitet talabalari: 40 nafar;
  Litsey o‘quvchilari: 4 nafar.


Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha stipendiya gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularning kelgusida bilim olish va AT sohasida yurtimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshish yoʻlida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/132859