Talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • Talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti mas’ullari va “Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🗒 Tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinida 12 ta jamoa 3 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

🏆 Oyin natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:

1-o‘rinni Kiberxavfsizlik fakultetining “Debutants” jamoasi;
2-o‘rinni Kompyuter injiniringi fakultetining “Pentagon” jamoasi;
3-o‘rinni Dasturiy injiniring fakultetining “Perfect group” jamoasi olishdi.

😀 G‘alaba qozongan jamoalarning har bir a’zosi faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!