Talabalar o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” deb nomlangan tanlov o‘tqaziladi

  • Asosiy
  • Talabalar o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” deb nomlangan tanlov o‘tqaziladi

🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tanlov e’lon qilmoqda. Tanlovning saralash bosqichi 2024-yil 23-sentyabr kunida start beriladi va internet tarmog‘idagi www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 30-sentyabrga qadar davom etadi.

Tanlovning saralash bosqichi test shaklda bo‘ladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim. Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berilsa kifoya.
Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.

Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin: 1 yillik to‘lov-kontrakt puli to‘lab beriladi;
🥈 2-o‘rin: yarim yillik to‘lov-kontrakt puli to‘lab beriladi;
🥉 3-o‘rin: noutbuk.

Tanlov oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda.