🏆“Talabalar ligasi” qizg‘in pallada!

  • Asosiy
  • 🏆“Talabalar ligasi” qizg‘in pallada!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining voleybol sport turining fakeltetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️Musobaqa davomida 100 ga yaqin talabalar sportning voleybol turidan 8 ta jamoaga bo‘lgan holda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

🏆Bellashuv yakuniga ko‘ra:

🥇Radio va mobil aloqa fakulteti 1- o‘rin ;
🥈AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 2-o‘rin ;
🥉Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 3-o‘rinni egalladilar.

📍Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-sentyabridan boshlab universitet talaba-yoshlari o‘rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining guruhlar o‘rtasidagi sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va basketbol turlari bo‘yicha fakultetlar bosqichi hamda fakultetlar o‘rtasida universitet bosqichini tashkil etib kelinmoqda!