“Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • “Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥28-may kuni “Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun vazirlik nomidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va universitet jamoasini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

🎁 Taqdirlash marosimida musiqiy chiqish, iqtidorli talabalar ishtirokidagi lazgi raqsi va sho‘x-taronalar barchaga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi.