"Talabalar ligasi” davom etmoqda

  • Asosiy
  • "Talabalar ligasi” davom etmoqda

"Talabalar ligasi” davom etmoqda

🏆 Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari o'rtasida “Talabalar ligasi”ga start berilgan edi.

⚽️ Liga nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich fakultetlararo o'tkazilmoqda.

⚡️Bugun ham yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyatini, harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirilish maqsadida Kiberxavfsizlik fakulteti guruhlari o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha musoqabalari bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Mini-futbol musobaqasida 150 dan ortiq talabalar faol ishtirok etishmoqda.