"Talabalar ligasi 2025" TATU talabalar terma jamoasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan teng hisobda (4-4) natijani qayd etdilar va Diplomatiya universiteti jamoasi ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozondilar.

  • Asosiy
  • "Talabalar ligasi 2025" TATU talabalar terma jamoasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan teng hisobda (4-4) natijani qayd etdilar va Diplomatiya universiteti jamoasi ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozondilar.

🔘 Joriy yilning fevral oyidan boshlab respublikamizning oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Talabalar ligasi 2025" musobaqalariga start berilgan edi. Ushbu musobaqalarda Toshkent shahri bo‘yicha 50 ta oliy ta’lim muassasalari talabalar terma jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishishgan.

👟 Mazkur musobaqalarning A guruhidan joy olgan TATU talabalar terma jamoasi, 12 va 19-fevral kunlari TATU sport majmuasida 2 ta o‘yin o‘tkazib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan teng hisobda (4-4) natijani qayd etdilar va Diplomatiya universiteti jamoasi ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozondilar.

🎉Ayni vaqtda guruh 4 ball to‘plab, 2-o‘rinda borayotgan talabalarimiz terma jamoasiga keyingi o‘yinlarida omad tilab qolamiz.

Musobaqalarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
⛓ Havola (https://futsal.uz/tournament/1049240/tables)
 
✈️@tuituz_official