Joriy yilning 17 - noyabr kuni Talabalar kuni munosabati bilan universitetda “Good Mood Board” nomli interfaol maydon tashkil etildi. Tadbir psixologik jihatdan boyitilgan bo‘lib, talabalarning emosional barqarorligini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish va pozitiv hissiy holatni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi.
Ishtirokchilarga harakatli o‘yinlar va kognitiv topshiriqlar taklif qilindi. Ushbu faoliyatlar orqali talabalar:
– o‘z tafakkurini rivojlantirish,
– muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash,
– ijodiy yondashuvni shakllantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birga, jamoaviy mashg‘ulotlar talabalar o‘rtasida interpersonal ko‘nikmalar, jamoada ishlash qobiliyati va hamkorlik madaniyatini yanada rivojlantirdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning motivatsion resurslari faollashdi hamda ular uchun ijobiy psixologik tajriba yaratildi.




