Joriy yilning 16-noyabridan Oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida oʻquv jarayonini anʼanaviy shaklda davom ettirish belgilangan.
Shu munosabat bilan, TATUning bakalavr birinchi, to‘rtinchi hamda magistr birinchi, ikkinchi bosqich talabalari 2020-yil 16-noyabridan anʼanaviy tarzda oʻqishni davom ettiradilar. 2-, 3-bosqich talabalari esa masofaviy taʼlim shaklida oʻqishlarini davom ettiradi.
Oʻquv grafigida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmaydi!
TATU matbuot xizmati