7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Jahon standartlariga mos keluvchi, talaba yoshlar uchun professional o‘quv kurslariga start berildi. Kelajak kasblariga yo‘l ochuvchi yangi imkoniyat — 3+ loyihasi TATUda!

  • Asosiy
  • 7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Jahon standartlariga mos keluvchi, talaba yoshlar uchun professional o‘quv kurslariga start berildi. Kelajak kasblariga yo‘l ochuvchi yangi imkoniyat — 3+ loyihasi TATUda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi va IT-PARK rezidenti “AIRPARK NATIONAL AVIATION CENTER” hamkorligida talaba-yoshlar uchun zamonaviy va xalqaro standartlarga mos 3+ o‘quv loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar:
⚜️ Bir vaqtning o‘zida 3 ta xalqaro darajadagi sertifikat;
⚜️ Amaliy stajirovka dasturi;
⚜️ Tanlov asosida 100 nafar ishtirokchiga jami 100 million so‘mlik ta’lim vaucherlari;
⚜️ Iqtidorli bitiruvchilarga IT kompaniyalarda ish tajribasini oshirish imkoniyati.

➡️ Taqdim etiladigan yo‘nalishlar:
1. “Dasturlash mutaxassisi” sertifikati;
2. “Robototexnika muhandisi” sertifikati;
3. “Dron foydalanuvchisi” sertifikati.

Dastur yakunida maxsus musobaqa tashkil etiladi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

3+ loyihasining o‘ziga xos afzalliklari:
Xalqaro tajribaga ega mutaxassislar tomonidan ta’lim beriladi;
Har bir modul — amaliy mashg‘ulotlarga boy;
Yangi texnologiyalar bilan bevosita ishlash imkoniyati.

Kurslar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• Dasturlash tillari va qurilmalar uchun dastur yaratish;
• Robototexnika qurilmalari va sensorlar bilan ishlash;
• Dronlardan foydalanish va noodatiy loyihalar ustida ishlash;
• Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik.

⏰ Dastur muddati: 2 hafta
📬 Mashg‘ulotlar shakli: qisqa muddatli va amaliy

🔗 Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

🗺Manzil: TATU, D-binо, 112-xona
✒️ Aloqa: +998 90 970 10 70
✅ Batafsil ma’lumot: Telegram sahifamizda

🗒 Joylar soni cheklangan — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🚀 3+ — bu shunchaki o‘quv kursi emas, bu — kelajakka qadam!