Talaba-yoshlar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishini oldini olish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoni 2021-yil 27-apreldan 10-mayga qadar (14 kun) (hozircha, o'zgarishi mumkin) masofaviy shaklda tashkil etiladi.
Universitetda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda, ZOOM orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o‘tilishi ta’minlanadi.
Eslatma: Ikki hafta muddatli masofaviy ta’lim talabalar uchun belgilanmoqda. Barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar karantin qoidalariga rioya etgan holda, o‘z vazifalarini amalga oshiradilar.