“Talaba qizlar ligasi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

  • Asosiy
  • “Talaba qizlar ligasi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

5-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida “Talaba qizlar ligasi” sport musobaqasining final bosqichi hamda g‘olib va sovrindor talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi A. Islamov, Oʻzbekona futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi A. Maksumov, Oʻzbekiston futzal federasiyasi bosh kotibi B. Mamatnazarov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.

🏆 Final bellashuvlari yakunida
🥇-o‘rin – O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasiga,
🥈-o‘rin – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasiga,
🥉-o‘rin – Oriental universiteti jamoasiga nasib etdi.

Jamoaviy g‘oliblardan tashqari musobaqa qatnashchilari bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha ham e’tirof etildi:

Eng yaxshi darvozabon - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Ismoiljonova Dildora;
Eng yaxshi himoyachi – Oriental universiteti talabasi Xamidullaeva Risolat;
Eng yaxshi hujumchi - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Xayrullaeva Zarina;
Eng yaxshi o‘yinchi - O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kamoljonova Sarvinoz.

 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.