Talaba-qizlar bilan ilk tanishuv uchrashuvi o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Talaba-qizlar bilan ilk tanishuv uchrashuvi o‘tkazildi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 1-kurs talaba-qizlarining oliy ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilk tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Xotin-qizlar maslahat kengashining faoliyat yo‘nalishlari, talaba-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, talaba-qizlarning universitet hayotidagi faolligini oshirish, liderlik salohiyatini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy o‘sishi uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.



Mazkur uchrashuv talaba-qizlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.