![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun TATU Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘zaro mahorat darslari tashkil etildi.
Darslar davomida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilayotgan usullar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbirlar ikki kafedra o‘rtasida 2026-yil 4-iyulda tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik rejasi asosida tashkil etildi.



