IEEE bazasidan foydalanish strategiyasi va tadqiqotlarni jadallashtirish bo‘yicha ONLINE WEBINAR

  • Asosiy
  • IEEE bazasidan foydalanish strategiyasi va tadqiqotlarni jadallashtirish bo‘yicha ONLINE WEBINAR

IEEE bazasidan foydalanish strategiyasi va tadqiqotlarni jadallashtirish bo‘yicha
ONLINE WEBINAR


IEEE Xplore raqamli kutubxonasi (IEEE Xplore Digital Library) haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi?
U holda joriy yilning 22-mart kuni soat 22:00 dagi IEEE boshqaruvchilari Kraig Griffis hamda Jalyn Kelly tomonidan tashkil etilgan “IEEE bazasidan foydalanish strategiyasi va tadqiqotlarni jadallashtirish” bo‘yicha ONLINE Webinarda ishtirok eting!
Ushbu Webinar orqali Bazaning yangi hususiyatlari, nashrlar, ommabop kontent va boshqalar haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Shuningdek, IEEE Xplore raqamli kutubxonasi bilan yaqindan tanishish va tadqiqot samaradorligi hamda ilmiy ishlaringizdagi tajriba jarayonlarini yaxshilash uchun foydali vositalarni o‘rganing.

Ushbu Webinar quyidagilarni qamrab oladi:
- Aniq natijalarga erishish uchun muvaffaqiyatli qidiruv strategiyalaridan foydalanish;
- Ommabop bo‘lib borayotgan kontentlarni aniqlash;
- Nufuzli nashrlarni topish yo‘llari;
- Toʻliq matnli HTML maqolalardan tenglamalar va grafiklarni yuklab olish;
- Murakkab qidiruv vositalaridan foydalangan holda muayyan mualliflar yoki tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni kuzatib borish;
- “My Research Projects” va “My Favorite Journals” kabi soʻnggi qoʻshilgan funksiyalar haqida ma’lumot olish.