O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

29-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan fakultetlararo "Zukko kitobxon" tanlovi ўтказилди.

Tanlovda Islom Karimovning 3-asaridan: "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", "Ona yurtimizning baxt-u-iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish eng oliy saodatdir", "O'zbekisto mustaqillikka erishish ostonasida" asarlaridan savollar qo‘yilgan edi.

Tanlov juda ham qiziqarli va munozaralarga boy bo'ldi. Tanlov natijalariga ko'ra faxrli birinchi o'rinni "AKT sohasida iqtisodiyot va menejment" fakultetining "Status" jamoasi, ikkinchi o'rinni shu fakultetining "Algoritm" jamoasi, uchinchi o'rinni esa "AKT sohasida kasbiy ta'lim" fakultetining "Vunderkin" jamoaси qo'lga kiritdi.

G'olib jamoalari hamda tanlov ishtirokchilari universitet rahbariyati va boshlang'ich tashkilot tomonidan diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.