Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z hamkorligini rasmiylashtirdi.

  • Asosiy
  • Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z hamkorligini rasmiylashtirdi.

Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumiga mezbonlik qilgan, Malayziya yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z hamkorligini rasmiylashtirdi.

🤝 Bo‘lib o‘tgan forum doirasida uzoq va qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish istiqbollari, magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot dasturlari, ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishni o‘z ichiga olgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

🗒 Ma’lumot uchun: Sulton Idris ta’lim universiteti (UPSI) QS 2025 dunyo universitetlari reytingida Top-1000 o‘rindan joy olgan, san’at, sport va texnologiya yo‘nalishida sifatli ta’lim dasturlari bilan kuchli obroʻga ega boʻlgan Malayziyaning yetakchi oliy taʼlim muassasasi.